G‘oliblarga
Davlat granti loyihalarini amalga oshirish bosqichlari
1
bosqich
G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish
1.1. Fuqarolik jamiyati instituti Jamoat fondining rasmiy saytida joylashtirilgan tanlov g‘oliblari ro‘yxati bilan tanishadi.
2
bosqich
Shartnoma tuzish va sertifikat topshirish
2.1. Tanlovda g‘olib bo‘lgan fuqarolik jamiyati instituti bilan tuziladigan “Davlat granti ajratish to‘g‘risida”gi shartnoma, uning ilovalari va g‘oliblik sertifikati Jamoat fondi tomonidan tayyorlanadi, bir tomonlama tasdiqlanadi va platformaga yuklanadi.
2.2. G‘olib bo‘lgan fuqarolik jamiyati instituti shartnoma va uning ilovalarini o‘z shaxsiy kabinetidan yuklab oladi, tasdiqlaydi hamda platformaga qayta yuklaydi.
3
bosqich
Oraliq va yakuniy hisobot taqdim etish
3.1. Fuqarolik jamiyati instituti loyiha doirasida bajargan ishlarni tahliliy va moliyaviy hisobotini har chorak yakuni bo‘yicha platformaga yuklab boradi.
3.2. Jamoat fondi fuqarolik jamiyati instituti taqdim etgan hisobotning oraliq monitoringini amalga oshiradi.
3.3. Fuqarolik jamiyati instituti loyiha yakuni bo‘yicha tahliliy va moliyaviy hisobotlar hamda uning asoslantiruvchi hujjatlarini platformaga yuklaydi. To‘liq topshirilgan hujjatlar Jamoat fondi tomonidan qabul qilinadi. Kamchilik aniqlangan taqdirda hujjatlar fuqarolik jamiyati institutiga qaytariladi.
3.4. Fuqarolik jamiyati instituti aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda hujjatlarni platformaga qayta yuklaydi.
4
bosqich
Monitoring qilish
4.1. Jamoat fondi hisobotlarni qabul qilib olgandan keyin, mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish va yakuniy xulosa berish uchun hujjatlarni Monitoring ishchi guruhiga yuboradi.
4.2. Monitoring ishchi guruhi fuqarolik jamiyati institutiga ajratilgan davlat granti mablag‘ini maqsadli sarflangani yuzasidan o‘rganish xulosalarini Parlament komissiyasiga muhokamaga kiritadi.
4.3. Ajratilgan davlat granti mablag‘larini maqsadli sarflangani yuzasidan Monitoring ishchi guruhining xulosasi Jamoat fondi tomonidan fuqarolik jamiyati institutiga yuboriladi.