Platforma test rejimida ishga tushirilgan

Tanlovlar

Ijtimoiy buyurtmalar

Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga doir davlat topshirig‘idan iborat bo‘ladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Davlat boshqaruvi organlari sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish davlat buyurtmachilarining ro‘yxati va faoliyatning mablag‘lar ajratish rejalashtirilayotgan yo‘nalishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov g‘olibi loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuziladi.

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, shuningdek tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy buyurtma haqida
Tanlovlar ro'yxati

Grantlar

Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmalari bo‘yicha tanlov asosida beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslardir.

Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali amalga oshiriladi.

Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishga haqlidir.

Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Grant haqida
Tanlovlar ro'yxati
Jamoatchilik muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

UZINFOCOM

© 2025 barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

  • Bosh sahifa
  • Biz haqimizda
  • Tanlovlar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • G'oliblarga
  • Axborot xizmati
  • Normativ hujjatlar

Mavzu turi

Matn o'lchami

A
A+
Kirish
  • Ўз
  • Ру
hamburger