Platforma test rejimida ishga tushirilgan

Yangiliklar

hero-img

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi

06.12.2024
2024 yilning 6 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Renessans” kino uyida mamlakatimizda fuqarolar jamiyatini rivojiga munosib hissa qoʻshgan respublika va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

2024 yilning 6 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Renessans” kino uyida mamlakatimizda fuqarolar jamiyatini rivojiga munosib hissa qoʻshgan respublika va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, xorijiy va respublika nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari uchun yangi davr boshlandi.

2017-2024 yillarda fuqarolik jamiyati institutlarini bevosita qoʻllab-quvatlash va samaradorligini oshirishga qaratilgan 64 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, oʻziga xos huquqiy va institutsional baza yaratildi.

Oʻzbekiston tarixida birinchi marotaba qabul qilingan 2021–2025 yillarga moʻljallangan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida sohani har tomonlama rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini taʼminlash kabi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi.

Davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari yoʻlga qoʻyilib, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlarini tizimli tahlil qilish hamda davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning muhim masalalari boʻyicha oʻzaro fikr almashish uchun maydon yaratildi.

Bir soʻz bilan aytganda, mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish boʻyicha tizim yaratildi.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 26 avgustida imzolangan “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon yuqoridagi islohotlarning uzviy davomi boʻlib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy samarali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Ushbu Farmonga muvofiq oʻtkazilayotgan Fuqarolik jamiyati haftaligi istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish, shuningdek, shaffoflik va inklyuzivlikni oshirish boʻyicha muloqot va keyingi qadamlarni belgilab olish uchun ochiq platforma boʻlib xizmat qilmoqda.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan respublika va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi esa haftalik doirasidagi muhim tadbirlardan biri boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, fuqarolik jamiyati institutlarining bu yuksak unvoni Prezidentimizning 2018 yilning 14 noyabridagi qarori bilan taʼsis etilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolik jamiyati institutlarining 126 nafar vakili mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Ushbu anʼanani davom ettirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq respublika va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining yana bir guruh vakillari “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bugun koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida xorijliklarning (Ozarbayjon va Fransiya vakillari) ham borligi esa tadbirning ahamiyati va qamrovi kengayayotganidan dalolat beradi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida muhim islohotlar amalga oshirilayotgani, fuqarolar huquqini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritayotgani, ularda 70 mingga yaqin ish oʻrni yaratilgani, davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etayotgani qayd etildi.

Fuqarolik jamiyati institutlari tomondan muhim tashabbuslar va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarini qamrovini kengaytirish hamda  amalga oshirish borasida oʻzoro fikrlar almashilindi.


 


 

“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”
ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar
RO‘YXATI

T/r

F.I.SH.

Tashkilot nomi

Xorijiy tashkilotlar

1.

Aliyeva Aygun Nazif qizi

Ozarbayjon Respublikasi nodavlat tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash agentligi ijrochi direktori

2.

Philippe Barbier

“Ipak yo‘lidagi karvonsaroylar” uyushmasining O‘zbekistondagi filiali rahbari

Respublika tashkilotlari

3.

Alimova Vasila Sattorovna

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori

4.

Raximova Nigina Xayrullayevna

“Ijtimoiy fikr” markazi direktori

5.

Shavkatov Otabek Sherzodovich

Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi raisi

6.

Mirzaxmedov Asrol Xodjiyevich

O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi Boshqaruv raisi

7.

Abutalipov Abduaziz Abdulaziz o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori

8.

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna

“Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

9.

Tulyakov Eldor Sobirjonovich

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

10.

Formonov Azamjon Turg`unovich

O‘zbekiston inson huquqlari “Huquqiy tayanch” jamoat birlashmasi rahbari

11.

Qosimova Nargis Sunnat qizi

“Ekolog” jamoat birlashmasi rahbari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

12.

Allashova Malika Raxmanberdiyevna

“Yuksak salohiyat” jamoat birlashmasining Qoraqalpog‘iston filiali direktori

Andijon viloyati

13.

Ataxanov Farxodbek Abdumajidovich

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari

Buxoro viloyati

14.

Tillayev Baxtiyor

Buxoro viloyati “Mexrigiyo” jamoat fondi rahbari

Jizzax viloyati

15.

Qo`shboqova Ulbo`sin Soatovna

O‘zbekiston nogironlari jamiyati Paxtakor tumani bo‘limi rahbari

Qashqadaryo viloyati

16.

Chorshanbiyev Nasriddin Shodmonkulovich

O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi

Navoiy viloyati

17.

Raxmanova Nargiza Xaydarovna

Navoiy viloyati “Sogdiana” yoshlar va ayollar markazi rahbari

Namangan viloyati

18.

Ibragimova Nargiza Zokirjonovna

Namangan viloyati “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” rahbari

Samarqand viloyati

19.

Kektisheva Olga Mixailovna

Samarqand viloyati “Nurbonu” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

Sirdaryo viloyati

20.

Usmanova Yulduzxon Mamatkulovna

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali direktori

Surxondaryo viloyati

21.

Fyodorova Nina Aleksandrovna

O‘zbekiston rus madaniy markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari

22.

Xodjaniyazova Gulnora Djabborovna

Surxondaryo viloyati “Ayol va zamon” ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish markazi rahbari

Toshkent viloyati

23.

Мustаfаyеvа Shaxnoza Bаyzаkоvnа

Toshkent viloyati “DUGONALAR” nogiron ayollar jamiyati raisi

Farg‘ona viloyati

24.

Normatov Raxmatjon A`zamovich

Farg‘ona viloyati “Bolajon dunyosi” xayriya fondi rahbari

Xorazm viloyati

25.

Mexmonova Yulduzxon Baxriddinovna

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali direktori

Toshkent shahri

26.

Vasikova Feruza Xamitovna

O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

UZINFOCOM

© 2025 barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

  • Bosh sahifa
  • Biz haqimizda
  • Tanlovlar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • G'oliblarga
  • Axborot xizmati
  • Normativ hujjatlar

Mavzu turi

Matn o'lchami

A
A+
Kirish
  • Ўз
  • Ру
hamburger