Platforma test rejimida ishga tushirilgan

Hududlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi 14 ta Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻngilli guruhlarini shakllantirish

Tanlov boshlanish sanasi
11.07.2025
Tanlov yakunlanish sanasi
09.08.2025

Hududlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi 14 ta Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻngilli guruhlarini shakllantirish

Ariza topshirish

Davlat buyurtmasi:

2025 йил учун давлат буюртмаси

Davlat buyurtmachisi:

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI

Davlat organi buyurtmasining ustuvor yo‘nalishlari:

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, mazkur sohada davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar hamkorligi hamda xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Buyurtmasining maqsadi:

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga keng jalb etish.

Buyurtmasining vazifalari:

- Respublikaning 7 ta hududda korrupsiyaga qarshi kurashda jurnalistik jamoaning faoliyatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarida korrupsiya masalalarini yoritish orqali jamiyatda ongli munosabatni shakllantirishga qaratilgan trening tashkil etish. Korrupsiyaga oid bilim va xabardorligini oshirish, jurnalistik surishtiruvlarni oʻtkazish usullari va yoʻnalishi boʻyicha batafsil maʼlumot berib borish; - Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida jurnalistlar ishtiroki yuzasidan ular uchun turkum (kamida 14 ta hududni qamrab olgan 14 ta seminar) amaliy seminarlar tashkil etish; - “Men korrupsiyaga murosasizman” deb atalgan onlayn tanlovni tashkil etish; - Korrupsiyaga moyil boʻlgan sohalar yoki xalqaro investitsiya loyihalarining ijrosiga qaratilgan jurnalistik surishtiruvlar oʻtkazish va eʼlon qilib borish Quyidagi mavzularda amaliy tadbirlarilar oʻtkazish: - Ochiq maʼlumotlar asosida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish; - Davlat organlari maʼlumotlarni ochiqlashi yuzasidan OAVlar ishtirokida monitoring amalga oshirish; - Jurnalist va blogerlar uchun vizual formatda oʻquv kurslarini yaratish.

Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari:

Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari bilan "Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida" Nizom va "Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "ngo.gov.uz" yagona elektron platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida" Nizom da tanishishingiz mumkin. 

- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik qilish.

- Koʻrsatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish.

QO‘LLANMALAR:
1. Elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikatini olish
2. id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda id.egov.uz tizimida akkauntni ERI bilan tasdiqlash. 
3. ngo.gov.uz tizimidan foydalanish bo‘yicha videoyo‘roqnoma

ngo.gov.uz tizimi bo‘yicha murojaat uchun: @ngo_gov_uz_support

Bog‘lanish uchun raqamlar (Ish kunlari: Dushanba-Juma 09:00-18:00) :

Tanlovlarni tahlil qilish, texnik baholash va muvofiqlashtirish bo‘limi: 782382816, 782382782

Loyihalarga qaytish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

UZINFOCOM

© 2025 barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

  • Bosh sahifa
  • Biz haqimizda
  • Tanlovlar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • G'oliblarga
  • Axborot xizmati
  • Normativ hujjatlar

Mavzu turi

Matn o'lchami

A
A+
Kirish
  • Ўз
  • Ру
hamburger