Hududlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi 14 ta Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻngilli guruhlarini shakllantirish
Hududlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi 14 ta Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻngilli guruhlarini shakllantirish
Ariza topshirishDavlat buyurtmasi:
2025 йил учун давлат буюртмаси
Davlat buyurtmachisi:
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI
Davlat organi buyurtmasining ustuvor yo‘nalishlari:
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, mazkur sohada davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar hamkorligi hamda xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtirish, shuningdek jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Buyurtmasining maqsadi:
Yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoniga amaliy jihatdan jalb etish, ularga korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish gʻoyasini singdirish, korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish.
Buyurtmasining vazifalari:
Hududlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi 14 ta Korrupsiyaga qarshi kurashish koʻngilli guruhlarini shakllantirish; - korrupsiya illatining salbiy jihatlari va huquqiy oqibatlarini koʻrsatib beruvchi tarqatma materiallar tayyorlash; - 6 ta videorolik tayyorlash va respublika boʻylab barcha hududlarda tarqatish, - Respublika miqyosida 10000 nafar yoshlar oʻrtasida korrupsiyaviy bilimlar boʻyicha onlayn koʻrik-tanlov tashkil etish; - 14 ta hududdan va har bir tumandan 30 nafardan yoshlar ishtirokida amaliy oʻquvlar tashkil etish.
Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari:
Tanlovda ishtirok etish talablari va shartlari bilan "Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari to‘g‘risida" Nizom va "Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "ngo.gov.uz" yagona elektron platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida" Nizom da tanishishingiz mumkin.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik qilish.
- Koʻrsatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish.
QO‘LLANMALAR:
1. Elektron raqamli imzo (ERI) kalit sertifikatini olish
2. id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda id.egov.uz tizimida akkauntni ERI bilan tasdiqlash.
3. ngo.gov.uz tizimidan foydalanish bo‘yicha videoyo‘roqnoma
ngo.gov.uz tizimi bo‘yicha murojaat uchun: @ngo_gov_uz_support
Bog‘lanish uchun raqamlar (Ish kunlari: Dushanba-Juma 09:00-18:00) :
Tanlovlarni tahlil qilish, texnik baholash va muvofiqlashtirish bo‘limi: 782382816, 782382782